#UFL_2023
Hurmatli sportchilar oilasining jonkuyar jamoasi hamda professor-o‘qituvchilari diqqatiga!
Sizlarni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va spoirt universitetida professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlari o‘rtasida anʼanaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan universitet ⚽️futbol ligasi UFL musobaqasining 🏆FINAL bosqichi hamda ushbu musobaqaning yopilish marosimiga taklif etamiz.
Unda final bosqichiga qadar yetib kelgan “Psixolog” va “Do‘stlik” jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashishadi. Shuningdek, “Atlet” hamda “Ziyokor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan bahslar 3-o‘rin egalarini aniqlab berishadi.
O‘yin o‘tkaziladigan joy: Universitet Sport majmuasi (manej).
O'yin sanasi: 26-iyun.
Vaqti: 3-o‘rin uchun o‘yin 16:00 da, Final bahslari 17:00 da.
Qadrli, universitet jamoasi barchangizni mazkur musobaqaning yakuniy bosqichida faol ishtirok etib, jamoalarni qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rab qolamiz!