Bugun poytaxtimizdagi Milliy bog‘da Xalqaro yoga kuniga bag‘ishlab yoga festivali tashkil etildi.
Uning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov hamda Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi janob Manish Prabhatlar so‘zga chiqishdi.
Mazkur festivalda turli korxona va tashkilotlarning ishchi-xodimlari, Yoga markazi aʼzolari, o‘quvchi yoshlar shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etishdi.
Maʼlumot o‘rnida, yoga festivali respublikamizning turli hududlari bo‘ylab davom etadi.