Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportchi- talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning oshpazlik bobidagi mahoratlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida Paralimpiya fakulteti talaba-yigitlari o‘rtasida “Balli yigitlar” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlovda talabalar o‘zbek xalqining milliy taomlaridan biri bo‘lgan qozon kabobni maromiga yetkazib tayyorlashdi. ahamiyatlisi, har bir ishtirokchi universitet rahbariyati tomonidan baholab borildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin: Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi talabalari;
2 o‘rin: Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi talabalari;
3-o‘rin: Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalariga nasib etdi hamda g‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.