#Xizmat_safari
Joriy yilning 21-25-oktabr kunlari Polshaning Chenstokova shahrida joylashgan Yan Dlugosh nomidagi Jismoniy tarbiya institutida bo‘lib o‘tgan VI-Umumjahon ilmiy kongressida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Sport kurashlari kafedrasi professori Georgiy Korobeynikov hamda Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti Otabek Xasanovdan iborat universitet delegatsiyasi ishtirok etishdi.
ilmiy kongressda universitet professor-o‘qituvchilari G.Korobeynikov O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ilmiy salohiyati va scopus jurnalida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan maqolalar tahlili hamda Otabek Xasanov tomonidan universitetning xalqaro maydonda tutgan o‘rni va sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar hususida qilgan taqdimotlari kongress a'zolari tomonidan katta qiziqish bilan eshitildi.
Shuningdek, tashrif davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Yan Dlugosh nomidagi Jismoniy tarbiya instituti o‘rtasida xalqaro qo’shma ta’lim va ilmiy tashabbuslarni rivojlantirish, universitet salohiyatini targ‘ib qilish, qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, akademik almashinuvni amalga oshirish masalalari bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.