Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Adilov Sarvar Qaxramonovich tomonidan ko‘rish imkoniyati cheklangan sportchi-talabalar hamda Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari va murabbiylari uchun brayl alifbosida yaratilgan “Erkin kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” nomli darslik taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet Yoshlar masalalari va m’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Mirzanov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B.Musayev, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori M.Mirjamalov, Kurash fakulteti dekani M.Qirg‘izboyev, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, S.Adilovning ustozlari, brayl alifbosi bo‘yicha mutaxassislar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Taqdimot davomida so‘zga chiqqanlar mazkur darslikning bugungi kundagi ahamiyati va uning universitet tarixida ilk bor yaratilganligi haqida alohida qayd etishdi. Shu bilan birga, aynan brayl alifbosida sportning boshqa turlari bo‘yicha ham darsliklar yaratish borasida takliflar bildirildi.