7-iyun kuni Tailandda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha “Asian Road Cycling Championships” musobaqasi start oldi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, yilning muhim turnirlaridan bo‘lgan ushbu Osiyo chempionatining dastlabki kunidayoq hamyurtlarimiz 30 km masofalik jamoaviy poygalarda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi hamda umumjamoa hisobida shohsupaning ikkinchi pog‘onasini band etishdi.
Eng quvonarlisi, ularning orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari Yevgeniya Golotina, Dmitriy Bocharov, Bekzod Rahimboyev va Farrux Babasherovlar ham yurtimiz sharafini munosib ravishda himoya qilishdi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu Osiyo Chempionati yakunida sportchilar Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritishadi.