Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Mirzanov tomonidan rahbar xodimlar faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi.
Unda fakultetlar dekanlari hamda ularning O‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlari, ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish uchun doimiy muloqotda bo‘lishlari va mavjud muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashishlari zarurligi hamda ko‘ngilochar tadbirlarni ko‘paytirish kabi masalalarga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, iqtidorli talaba-yoshlar bilan ishlash jarayonlarini tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan ham kerakli ko‘rsatmalar berib o'tildi.