Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Mirzanov Respublika ma’anaviyat va ma’rifat markazi vakillari tomonidan taqdim etilgan kitoblar to‘plamini universitet kutubxonasiga topshirdi.
 
Eng ahamiyatlisi, mazkur to‘plam ichida kutubxona fondida mavjud bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston qahramonlari” kitobi talaba-yoshlar e’tiboridan ham chetda qolmadi!