So‘nggi yillarda yurtimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xotin-qizlarni turli yot illatlar ta’siridan asrash, qizlarni milliy qadriyatlarimizga tayangan holda tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda Yakkakurash sport turlari fakulteti talaba-qizlar o'rtasida “Biz balli qizlar!” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Qizlarning aql-zakovati, pazandalik mahorati hamda ijodiy qobiliyatlari sinovdan o‘tkazilgan ushbu tanlov fakultet talabalarida katta qiziqish uyg‘otdi. Har bir shartga yuqori tayyorgarlik va e’tibor bilan yondashgan qizlar tanlov davomida chaqqon va zukko ekanliklarini namoyish etib, tomoshabinlar va ustozlarining e’tirofiga sazovor bo‘lishdi.
Yakunda ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.