Joriy yilning 29-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-o‘qituvchilari Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston hamda Ozarbayjon vakillaridan iborat “Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlashda sport tashkilotlarining Yevroosiyo integratsiyasidagi roli” mavzusidagi Xalqaro onlayn davra suhbatida ishtirok etdi.
Davra suhbati B.T.Turusbekov nomidagi Qirg‘iziston davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi rektori Azizbayev Saitdin Seyitbekovichning kirish so‘zi bilan boshlandi.
Mazkur xalqaro onlayn davra suhbatining ilmiy dasturi oʻz universiteti vakili boʻlgan ishtirokchilarning maʼruzalari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar tayyorlash dasturlaridan iborat bo'ldi. Shuningdek, so‘zga chiqqanlar, xususan, xorijlik olimlarning ma’ruzalari asosida ilmiy maqolalarning qiyosiy- tanqidiy tahlili, taklif va tavsiyalar tayyorlandi.