Argentina yashil maydonlarida o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.
Eng quvonarlisi, terma jamoa a’zolari hamda ayni vaqtda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari bo‘lgan – Abbosbek Fayzullayev, Diyorbek Ortiqboev, Shaxzodbek Nematjonov, Abubakir Ashurov va Rustamjon Turdimurodovlar ham chempionatda ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib ravishda himoya qilishmoqda.
Musobaqaning guruh bosqichida Gvatemalaga qarshi kechgan uchrashuv universitetimiz talabasi Shaxzodbek Nematjonovning dubili evaziga O'zbekiston U-20 terma jamoasini musobaqaning navbatdagi 1/8 bosqichiga olib chiqdi.
Olg‘a O‘zbekiston yoshlari!