Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning stol tennisi ixtisosligi talaba-yoshlari uchun O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi Xalqaro musobaqalar va olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik qilish bo‘lim boshlig‘i Nodira Burxanxadjayeva ishtirokida “Yosh sportchilarni seksiyalarga tanlab olish uslubiyati” mavzusida ochiq maʼruza tashkil etildi.
Unda mutaxassis tomonidan talabalarga yosh stol tennischilar o‘rtasida tanlov tashkil etish hamda mazkur jarayonda sportchilarning individual qobiliyatlariga alohida ahamiyat qaratish uslublari borasida qimmatli ma’lumotlar berilib, universitet stol tennisi zalida uning ishtirokida talabalarga mahorat darsi tashkil etildi. O‘z o‘rnida talabalar ham soha yuzasidan yo‘llagan savollariga atroflicha javob oldilar.
Yakunda esa kafedra vakillari tomonidan Nodira Burxanxadjayevaga o‘ziga xos maʼruza va tashrif uchun minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari berildi.