Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsentlari Shuhrat Arslonov, Baxitjan Jumanov hamda ushbu kafedra katta o‘qituvchisi Abdullo Tangriyev O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida bo‘lishdi.
O‘zbek sportiga malakali mutaxassislarni yetkazib berishda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan o‘z kasbining fidoiylarini O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov qarshi oldi.
Suhbat davomida Universitetda dzyudo bo‘yicha murabbiy va mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-metodologik yo‘nalishdagi ishlarni kuchaytirish, bu boradagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘nggida mehmonlar Azizjon Kamilovga "Povisheniye sportivno-pedagogicheskogo masterstvo po dzyudo" nomli o‘quv-qo‘llanmani taqdim etishdi.