Maʼlumki, joriy yilning 7 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilinib, unda bir qator ustuvor vazifalar belgilab qo‘yildi.
Xususan, har yili mahalla yoshlari o‘rtasida, jumladan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Ommaviy futbol” (Grassroots) festival va musobaqalari, umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Maktablarda futbol”, oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” kabi respublika musobaqalarini o‘tkazish shular jumlasidandir.
Mazkur ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA)da belgilangan tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘shma qaror loyihasining tayyorlanishida ishtirok etib, o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berib o‘tishdi.