Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Qozog‘iston Respublikasi Ilm-fan va oliy taʼlim vaziri o‘rinbosari Q.Yergaliyev boshchiligida M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston davlat universiteti vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Dastlab, delegatsiya vakillari hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil qilinib, unda ikki mamlakat o‘rtasida turli sohalar, xususan jismoniy tarbiya va sport sohasida ham hamkorlik aloqalari va kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi muhim masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shundan so‘ng, ikkala oliy taʼlim muassasasi o‘rtasida xalqaro munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha Memorandum imzolandi.
Tashrif yakunida faxrli mehmonlar oliygohda talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.