Xabaringiz bor, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yoshlar bilan tizimli ishlash bo‘yicha dastlabki qadamlar tashlanib, mazkur jarayon jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Jumladan, kuni kecha universitetning Kurash fakulteti dekani M.Qirg‘izboyev tomonidan fakultetga biriktirilgan Chirchiq shahar “Yulduz” MFYda istiqomat qiluvchi Nasiba Sharipovaning ijtimoiy ahvoli o‘rganilgan holda, unga ingliz tilidan oliygohda tashkil etilgan o‘quv markazida bepul o‘qish imkoniyatini beruvchi serifikat hamda badiiy adabiyotlar topshirildi.
Shuningdek, Nasiba Sharipovani ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash maqsadida ingliz tilini o‘rgatishdan tashqari sport to‘garaklariga jalb etish yuzasidan ham chora-tadbirlar belgilab olindi.