Xabaringiz bor, joriy yilning 1-14 may kunlari boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatiga Toshkent shahri mezbonlik qilmoqda.
Ahamiyatli tomoni, unda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan terma jamoa aʼzolari safida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining boks yo‘nalishida tahsil olayotgan 3 nafar talabalari: Ruslan Abdullayev (63,5 kg), Jasurbek Yo‘ldoshev (80 kg) hamda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (67 kg) kabi iqtidorli bokschilarining ham borligi sportchilar oilaning barcha vakillariga quvonch baxsh etmoqda.



Xususan, Ruslan Abdullayev bugungi ilk jangini ajoyib g‘alaba bilan boshlab, Puerto-Rikolik raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bokschimizni g‘alaba bilan muborakbod etgan holda, qolgan ikki nafar sportchilarimizga ham oldinda kutilayotgan janglarida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Shu o‘rinda, oliygohimiz talaba-yoshlaridan ham yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschilarimizni har bir bahs davomida qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rab qolamiz.