Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori Allamuratov Shuxratulla Inayotovichning O‘zbekiston velosiped sport faxriysi sifatida yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga qo‘shgan ulkan hissasi va tavallud topganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan universitet rektori tomonidan O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasining maxsus serifikati hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘z navbatida, oliygoh rektori M.Boltabayev ham faxriy ustozga o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi!