Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2-sonli Talabalar turar joyida Tibbiyot fakulteti talaba-qizlari ishtirokida “Sog‘lom turmush tarzi asoslari hamda erta nikohning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda universitet Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti rahbari M.G‘aniyeva, Sport tibbiyoti va bioximiya kafedrasi o‘qituvchilari G.Yeraliyeva hamda D.Ramanovalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mas’ullar tomonidan erta nikohning salbiy oqibatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talaba-qizlarga orastalik, tozalik va shaxsiy gigiyena qoidalari hamda sog‘lom turmush tarzi asoslariga doimiy ravishda rioya qilish lozimligi ta’kidlanib o‘tildi.
Yakunda talaba-qizlar ham yuqoridagi mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.