Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyatida Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida hamda parakanoeda eshkak eshish bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionati tobora qizg‘in bahslarga boy bo‘lmoqda.
Mazkur nufuzli musobaqada oliygohimizning Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasida tahsil olayotgan yana bir sportchi talabasi – Irodaxon Rustamova 500 metr masofaga o‘tkazilgan bellashuvlarda VL2 klassida ayollar o‘rtasida marrani 2-bo‘lib zabt etib, kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Sportchilarimizga hamisha omad yor bo‘lsin!