Yodingizda bo‘lsa, joriy yilning 25-aprel kuni Samarqand viloyatida Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida hamda parakanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati boshlangan edi.
Quvonarli tomoni, ushbu nufuzli chempionatda O‘zbekiston davlat jismoniy jismoniy tarbiya va sport universitetining Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasida tahsil olayotgan talabalari ham qatnashib, o‘zlarining bor mahoratini namoyon qilishdi va g‘oliblar safidan joy oldilar.
Jumladan, ayollar o‘rtasida 500 metr masofaga o‘tkazilgan bellashuvlarda VL3 klassida Shaxzoda Mamadaliyeva marraga barchada oldin yetib keldi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi!
Shaxzoda Mamadaliyevaga ofarin deya, sportdagi yutuqlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz!
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa 30-aprelga qadar davom etadi.