Joriy yilning 3-13-may kunlari to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi bo‘lmish, olimpiya o‘yinlariga qimmatli ochkolar taqdim etuvchi og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatiga Janubiy Koreya mezbonlik qilmoqda.
Qayd etish joizki, ushbu chempionat Parij-2024 Olimpiadasi uchun saralash musobaqalaridan biri hisoblanadi. Quvonarlisi, yurtimiz sharafini munosib ravishda himoya qiladiganlar safida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining iqtidorli sportchi-talabalari ham bor. Ularning tarkibi esa quyidagicha:
✔️Qurbonmurod Namozov: -109 kg;
✔️Akbar Joʻrayev: +109 kg;
✔️Jamila Panfilova: -55 kg;
✔️Rigina Adashboyeva: -81 kg.
Mazkur nufuzli musobaqada sportchilarimizga ulkan zafarlar tilab qolamiz!