Joriy yilning 26 martidan 7 apreliga qadar Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida tog‘ chang‘i sport turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
ahamiyatlisi, musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari ham ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib ravishda himoya qilishdi! Unga ko‘ra:
Arman Gaipov – slalom va slalom gigant yo‘nalishlarida 2-o‘rinni qayd etib, slalom gigantida umumiy hisobda 3-o‘rinni;
Medet Nazarov –kombinatsiya (slalom-slalom gigant) 1-o‘rin U-21, umumiy hisob 3-o‘rin, slalom gigant yo‘nalishida 1-o‘rin, umumiy hisobda 1-o‘rin;
Aqilbek Buxarboyev – slalom gigantda 2-o‘rin, kombinatsiyada esa 3-o‘rin va U-21 super gigantda 3-o‘rinlarni zabt etdilar.
Sportchilarimizni ushbu g‘alabalari bilan muborakbod etamiz!