Ma’lumki, shu kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida fakultetlar kesimida talaba-yoshlar uchun Konstitutsiyaviy Qonun loyihasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Shuningdek, bunday targ‘ibot tadbirlari oliygohning Badminton, tennis nazariyasi va uslubiyati, Sport menejmenti va iqtisodiyot, Futbol nazariyasi va uslubiyati, Taekvondo WTF, karate WKF nazariyasi va uslubiyati kafedralari doirasida ham tashkil etilib, ularda talabalar bilan birga, professor-o‘qituvchilarga ham Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, shuningdek, joriy yilning 30-aprelida bo‘lib o‘tadigan Referendumga oila a’zolari bilan faol ishtirok etish bo‘yicha mas’ullar tomonidan bir qator tushuntirishlar olib borildi.