#BilibOlganYaxshi
♾Mazkur tizim haqidagi maʼlumotlaringizni biz bilan yana-da kengaytiring!
✔️Ilg‘or xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi boshqaruv usullariga muvofiq, samarali faoliyat yuritishni taʼminlovchi eng muhim profilaktik vositalardan biri tarkibida korrupsiyaga qarshi “Komplaens nazorat” tizimini joriy etish hisoblanadi.
✅«Komplaens», “komplaens nazorat“ (compliance control) tushunchalari – muvofiqlik va aniq belgilangan qoida, standart hamda ko‘rsatmalarga asosan faoliyat yuritishni ifodalaydi.
📌Yana ham aniqroq aytganda - davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar, banklar va xususiy sektor faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etilishini taʼminlovchi, korrupsiya xavf-xatarlari va manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, qonun buzilishi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish kabi qator profilaktik choralarni o‘zida mujassam etgan samarali tizimdir.