Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh rahbariyati hamda uning filiallari vakillari ishtirokida universitet Kengashining navbatdagi yig‘ilishi videoselektor tarzida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan va ilmiy unvon olgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga diplomlari tantanali ravishda topshirildi. Shundan so‘ng kun tartibidagi muhim masalalar bo‘yicha masʼullar hisoboti tinglandi.
Yakunda esa kun tartibidagi masalalar yuzasidan qilinayotgan ishlardagi sustkashlik va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar qattiq tanqid ostiga olinib, oldinda belgilangan ustuvor vazifalarga masʼuliyat bilan yondashishni yana bir bor taʼkidlagan holda, barcha rahbar xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.