Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "Mening Konstitutsiyam mening kelajagim!" shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Unda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining raisi Xamidjon Kayumov, sudyalar Shoira Ermatova, Qizlarxon Agzamova, Nozimjon Ismailov hamda oliygohning Sport o‘yinlari fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda qatnashgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyalari Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, taʼlim rivojiga doir muhim jihatlar xususida maʼlumotlar berdi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob oldi.