Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston IT Park mutaxassislari va oliygoh talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va hududlardagi BPO (biznes jarayonlarini boshqarish autsorsingi), KPO (bilimlarni boshqarish autsorsingi) bozorlarida yoshlar, ayollar, nogironlar uchun yuqori sifatli ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan “Uzbekistan Digital Inslusion” nomli yangi loyiha haqida qimmatli maʼlumotlar berildi. Shuningdek, ushbu loyiha IT sohasi va chet tillariga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni saralash, ularni qisqa tayyorlov kurslarida qayta o‘qitish, buning natijasida nafaqat yurtimizdagi balki xorijiy kompaniyalarda ishlash imkoniyatlari mavjud ekanligi alohida taʼkidlandi.
Yakunda esa talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdan tashqari bir qancha takliflarini ham bildirib o‘tishdi.