Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh rahbariyatning kengaytirilgan tartibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-son qarori ijrosi, shuningdek, joriy yilning may oyida universitetda o‘tkaziladigan akkreditatsiya va attestatsiya jarayonlariga tayyorgarlik hamda kun tartibidagi boshqa muhim masalalar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirilib, qilingan va qilinayotgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglandi.
Yakunda esa universitet rektori tomonidan barcha rahbar xodimlarga yuqoridagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriq va ustuvor vazifalar belgilab berildi.