“Oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash hamda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yangilab borish tartibi to‘g‘risida” gi nizomga ko‘ra, oliy ta'lim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish vazifasi tayanch oliy ta'lim muassasalari tomonidan tegishli bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalariga kiritilgan fanlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ushbu yaratilayotgan o‘quv adabiyotlarining mazmuni ta’lim olish, mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish, yangi bilimlar ko‘nikmalarini o‘quvchi va talabalarda shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Universitet rahbariyati tomonidan mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda tegishli o‘quv faniga oid zamonaviy, ilg‘or, nazariy va amaliy bilim, uslubiyat, ilmiy va texnologik yangiliklarni o‘z ichiga olgan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish vazifasi qoʻyilgan.
2020/2021- o‘quv yilida universitet professor-o‘qituvchilaridan I. Axmedovning “Sport iqtisodiyoti” nomli, K.Yarashev, K. Ziyadullayev, R. Babajanovlarning “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” nomli, A. Pulatovning “Voleybol nazariyasi va uslubiyati” nomli, B. Karimovning “Теория и методика баскетбола” nomli, N. Svetlichnayaning “Адаптивная физическая культура и спорт” nomli, A.Tangriyevning “Sport pedagogik mahoratini oshirish (dzyudo)” nomli, D.Yaqubova, N. Dusanovlarning “Yosh davrlari pedagogikasi” nomli, D. Safarovaning “Спортивная морфология” nomli, D. Arzikulovning “Psixologiya va sport psixologiyasi” nomli, Y. Daurenovning “Turizm” nomli, X. Matnazarovning “Eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati” nomli, A. Xaitovning “Sport psixodiagnostikasi va psixokoreksiya” nomli hamda S. Ashurkovaning “Теория методика волейбола” nomli darsliklari tayyorlanib, nashr etildi.
Yuqoridagi barcha darslik va o‘quv qo‘llanmalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, pedagogika oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat taʼlim ixtisosligi talabalari, Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘qituvchi va talabalari hamda murabbiylar va sportchilar uchun mo‘ljallangan.
Atoqli adibimiz Oybek ta’rificha, kitob – tafakkurning tolmas qanotlaridir. Shu ma’noda aytish mumkinki, kitob – insonning qalb gavhari, tafakkur xazinasidir. Biz shunga erishishimiz kerakki, farzandlarimiz uchun kitob eng bebaho sovg‘a bo‘lsin. Shundagina fardandlarimiz biz orzu qilganday, ma’naviy yetuk, teran fikrlay oladigan, katta va kichikka mehribon, Vataniga sodiq, insofli, diyonatli va oliyjanob insonlar bo‘lib kamol topadilar.
Haqiqatan ham, kitob o`qigan inson qaysi sohada ishlamasin, teran fikrlash, oq-u qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko`nikmasiga ega bo`ladi. Bir so`z bilan aytganda, kitobxonlik buyuk kelajak kafolatidir.