Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda kun tartibiga qo‘yilgan muhim masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi hamda fan doktorlik (DSc) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan universitet professor-o‘qituvchilariga tantanali ravishda fan doktorlik diplomi topshirildi.
Yig‘ilish yakunida esa muborak tavallud yoshini qarshi olgan bir qator faxriy ustozlarning uzoq yillik samarali mehnati alohida eʼtirof etilib, ularga universitet Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari ulashildi.