Xabaringiz bor, joriy yilning 19-26-fevral kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha nufuzli “Stranja” an’anaviy 74-xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
“Kichik jahon chempionati” deya nom olgan mazkur musobaqada jahonning ko‘plab mamlakatlaridan bokschilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. O‘zbekiston terma jamoasi esa umumiy hisobda 18 ta (7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza) medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi va yana bir bor o‘zlarining tensiz ekanligini isbotlashdi.
Eng quvonarli tomoni, ushbu tengsizlar ichida O‘zDJTSU talabalari Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – oltin, Ruslan Abdullayev – kumush, Dilshod Abdumurodov hamda Jasurbek Yo‘ldoshevlar – bronza medallariga sazovor bo‘lib, yurtimiz sharafini munosib ravishda himoya qildilar!
Sportchilarimizga hamisha omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!