Bugun O‘zDJTSUda yo'l-transport hodisalari oldini olish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarni qabul qilish, ularning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq salbiy holatlar bo‘yicha “O‘z hayotingni bevaqt hazon qilma” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘lim boshlig‘i, mayor X.Sodiqov, Chirchiq shahar 3-sonli IIB jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i, mayor J.Jumanov, Chirchiq shahar Tibbiyot birlashmasi narkolog shifokori M.Sultanova, birlashmaning OITS bo‘yicha mutaxassisi Z.Rajapova, universitetning Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R.Babajanov, oliygoh profilaktika inspektori N.Agabekov, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar qatnashdi.
Suhbat davomida mutaxassislar tomonidan yo'l harakati qoidalariga amal qilinishini ta’minlash va hushyorlikni yo‘qotmaslik har bir insonning eng birlamchi vazifasi ekanlgi, shuningdek, so‘nggi vaqtlarda talaba-yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va boshqa turdagi kuchli ta’sir qiluvchi preperatlarga ruju qo‘yish ortib borayotganligi hamda ularning tibbiy jihatdan inson organizmiga ta’siri haqida qimmatli ma’lumotlar berilib, talabalarni doimo ogoh bo‘lishlikka chaqirildi.