Diqqat e’lon!
Hurmatli, professor-o‘qituvchilar va mustaqil izlanuvchilar diqqatiga!
Sizlar uchun ajoyib imkoniyat taqdim etilmoqda!
Joriy yilning 3-aprel sanasidan 2-iyuniga qadar Vengriya sport ilm fanlari universitetida sportning basketbol, futbol, gandbol, qilichbozlik, dzyudo, tennis, suv sporti, voleybol, sport kurashlari hamda suv polosi turlari bo‘yicha “Olimpiya birdamligi” dasturi doirasida tashkil etilayotgan Xalqaro murabbiylik kurslarida (2 oylik) ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish boshlanganligini ma’lum qilamiz.
Ishonamizki, mazkur murabbiylik kurslari sizning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bilim va ko‘nikmlaringiz, shuningdek, olib borayotgan ilmiy izlanishlaringizni yanada boyishiga xizmat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, arizalarni topshirish muddati 2023-yil 15-martga qadar davom etadi.
⏩Batafsil