Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro kurash instituti bilan hamkorlikda oliygohning sport faoliyati ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi mutaxassislari uchun o‘quv seminar tashkil etildi.
Unda Xalqaro kurash instituti rektori H.Tadjiyev, institutning ilmiy bo‘lim boshlig‘i, IKA bosh kotibi Moxammad Reza Nassiri Nejad, O‘zDJTSU faxriy professori Kim Eur Joong, O‘zDJTSU O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Xadjayev, universitet Kurash fakulteti dekani va kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, murabbiylar, magistrantlar hamda talabalar ishtirok etishdi.