Joriy yilning 9-10 fevral kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Kubalik professor Ivan Carlos Fuentes Villanueva bilan birgalikda “Bokschilar texnikasini rivojlantirish” mavzusida ilmiy kitob yozish jarayonlari boshlandi.
Shuni alohida ta’kdlash kerakki, mazkur ilmiy kitobda o‘zbek va kuba boks maktablarining o‘xshash va farqli jihatlari aks ettirilgan holda, ikki maktab murabbiylarining tajribalari birlashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ilmiy kitob ustidagi izlanishlar davom etmoqda.