Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zDJTSUda 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bugun ham mazkur sana munosabati bilan olima ustoz-murabbiylarimiz hamda talaba-qizlar ishtirokida “Sportda ruhiy barkamollikka erishish” mavzusida psixologik-trening bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti raisi M.G‘anieva, psixolog J.Ashirova, Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Trening davomida qanday qilib hayotda ruhiy barkamolikka, baxtga erishish mumkinligi, unga olib boruvchi yo‘llar va vositalar nimalardan iborat ekanligi hamda har bir kishi, ayniqsa, sportchilar o‘zidagi ruhiy jarayonlarni qay tariqa boshqara olishi haqida o‘ziga xos fikr-mulohaza bildirilib, ular qiziqarli psixologik-o‘yinlar orqali ko‘rsatib berildi. Mazkur treningdagi yana bir jihat, u munozaralarga boy tarzda o‘tganligi bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Yakunda esa treningni tashkil etishda amaliy yordam bergan Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda faol qatnashgan talaba-qizlarga tashakkurnomalar topshirildi.