#chellenj
Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetning Yakkakurash sport turlari fakulteti tomonidan “Ustozning shogirdiga badiiy adabiyot sovg‘asi” chellenjiga start berildi.
Chellenj oliygohning 3-sonli Talabalar turar joyida Yakkakurash sport turlari fakulteti dekani V.Anashov boshchiligida dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar bilan birgalikda talaba-yoshlarni kitobga bo‘lgan qiziqishlari, nutq madaniyati va dunyo qarashini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Bunday ezgu tashabbusni o‘z qo‘llariga olgan Yakkakurash fakulteti jamoasiga ofarin deymiz!
Ushbu chellenjning davomiyligini ta’minlashda esa universitetning qolgan barcha fakultet dekanlari, jumladan, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilaridan ham faol bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.
Zero, yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib berib qo‘yaqoladi, yaxshi o‘qituvchi esa, haqiqatni topishga o‘rgatadi!