Xabaringiz bor, ayni kunlarda Yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosarlari va rahbar xodimlari hududlarda oʻrganish ishlarini olib borishmoqda.
Shu munosabat bilan, bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa'dullayev tashrif buyurdi.
Tashrif davomida vazir o‘rinbosari Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i R.Boboqulov hamda universitet rektori, professor M.Boltabayev boshchiligidagi rahbariyat jamoasi ishtirokida oliygohning Axborot resurs markazi va uning imkoniyatlari, mavjud sport inshootlari, Talabalar turar joylarida talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, hozirda universitetda olib borilayotgan qurlish-ta’mirlash ishlarini alohida ko‘zdan kechirdi. Jumladan, qishki sport turlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan labaratoriya qurilishi, uninng zaruriy uskunalar bilan jihozlanishi borasida o‘z taklif va mulohazlarini bildirib o‘tdi.