Joriy yilning 18-27 yanvar kunlari Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur chempionatda 21 ta davlatdan 243 nafar sportchi yigit-qizlar g‘oliblik uchun o‘zaro jang olib borishdi. Unda munosib ravishda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi mazkur chempionatning barcha bosqichlarida yetakchilikni saqlab qoldilar. Xususan, terma jamoamizning 18 nafar bokschisi musobaqaning final bosqichiga yetib kelib, eng ko‘p finalchi davlat sifaqtida qayd etildi.
Quvonarli tomoni, yurtimiz sharafini munosib himoya qilganlar orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ham talabalari borligidadir. Jumladan, oliygohning boks ixtisosligida tahsil olayotgan: Dilshod Abdumurodov, Shaxboz Yunusaliyev, Jasurbek Yo‘ldoshevlar musobaqaning – oltin medaliga, Muhammadqodir Mamirjonov esa – bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Sportchi talabalarimizga ofarin deb qolamiz!!!
Eslatib o‘tamiz, o‘z tarixida ikkinchi marta o‘tkazilgan (dastlabkisi, 2022-yil Toshkentda bo‘lgan) ushbu chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi yana bir umumjamoa hisobida yigitlar o‘rtasida ham, qizlar o‘rtasida ham birinchi o‘rinni egallab, o‘zlarining tengsiz ekanliklarini namoyon etishdi.