Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kengaytirilgan tartibda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori N.Dusanov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Xodjayev, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor I.Ibragimov, bo‘lim rahbarlari, barcha fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-414-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida;
- kuzgi semestr bo‘yicha yakuniy nazoratlarning o‘tkazilishi haqida;
- universitetda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, ijro intizomi hamda attestatsiya va akkreditatsiyaga tayyorgarlik jarayoni to‘g‘risida.
Yig‘ilish yakunida esa yuqoridagi masalalar ijrosi qoniqarsiz ekanligi alohida qayd etilib, barchasi bo‘yicha mas’ullarga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.