Ma’lumki, joriy yilning 17-26-yanvar kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasida Osiyo chempionati oʻtkaziladi.
Ushbu musobaqaning dastlabki bosqichi 2022-yil yanvar oyida Toshkent shahrida oʻtkazilib, unda bokschilarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashgan edi.
Kuni kecha charm qoʻlqop ustalarimiz musobaqada qatnashish uchun Tailandga joʻnab ketishdi.
Eng quvonarli jihati, mazkur charm qo‘lqop ustalari ichida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ham 6 nafar talabalari bor!
Ular quyidagi tarkibda Bangkokka yoʻl olishdi:
-51 kg: Muhammadqodir Ma’mirjonov;
-54 kg: Sanjar Vaxobov;
-60kg: Dilshod Abdumurodov;
-63,5 kg: Shaxboz Yunusaliyev;
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev;
-92 kg: Abdulla Rajabov;
Murabbiy: Ruslan Telimbayev.
Talabalarimizning barchasiga musobaqaning eng oldi sportchilari bo‘lishida omad tilab qolamiz!