#Tabrik
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi nomidan Sizlarni va sizlarning timsolingizda ona Vatanimizni himoya qilishdik muqaddas va oliyjanob ishga o‘z hayotlarini baxshida etayotgan jasur harbiylarni hamda barcha vatandoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy qutlaymiz!
Siz azizlardagi mehnatsevarlik, jasoratlilik, shijoatlilik va metin iroda, sadoqat, eng muhimi oilaparvarlik singari chin insoniy fazilatlar tahsinga sazovordir!
Yana bir bor barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik va xotirjamlik tilagan holda, yurt ravnaqi yo‘lida kuch-g‘ayratingiz, shaʼnu-sharafingiz bundanda ziyoda bo‘lishini hamda jonajon O‘zbekistonimizga sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon charchamasligingizni tilab qolamiz!