Xabaringiz bor, joriy yilning 12-22-yanvar kunlari XXX Butunjahon qishki Universiada o‘yinlariga AQSh mezbonlik qilmoqda. Musobaqalar Leyk-Plesid shahrida bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning 50 dan ortiq mamlakati ishtirok etishi ko‘zda tutilayotgan mazkur musobaqada O‘zbekiston delegasiyasi ham qatnashadi. Hamyurtlarimiz tog‘ chang‘isi, snoubord hamda figurali uchish sport turlarida jami 13 nafar atlet bilan bugun erta tongda okean ortiga yo‘l oldi.
E’tiborli jihati shundaki, ularning 6 nafari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalaridir!
Jumladan:
⛷ Tog' chang'isi
1. Arman Gayupov;
2. Medet Nazarov;
3. Oqilbek Buxorboyev;
🏂 Snoubord
4. Elnur Mirzaliyev;
5. Dinara Djubeyeva;
⛸Figurali uchish
6. Azizmurod Shabazov;
Talabalarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!