#UFL_2023
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlari o‘rtasida anʼanaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan universitet futbol ligasi UFL musobaqasining ochilish marasomi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq a’zolari M.Aliyev va Sh. Maqsudovlar, universitet Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori J.Zarifboyev, bo‘lim rahbarlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va harbiylar ishtirok etishdi.
Tadbirni dastlab, universitet Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori J.Zarifboyev ochib berdi. O‘z navbatida o‘zbek futbolining faxriy mehmonlari M.Aliyev, Sh. Maqsudovlar ham musobaqada ishtirok etayotgan barcha jamoalarga omad tilashdi. Shuningdek, ochilish marosimi davomida 98 104 harbiy qism askarlari hamda taekwando yo‘nalishi talabalari ishtirokida ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Shundan so‘ng universitet futbol ligasi UFL musobaqasi jarayonlariga start berildi.