Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligida jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha yil yakunlari muhokamasi yuzasidan Hay’at oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ham rahbariyat jamoasi, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda kun tartibiga qo‘yilgan: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatining 2022-yil yakunlari sarhisobi, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsum sport musobaqalari natijalari, kuzatilgan kamchiliklar va sport sohasida joriy yil davomida amalga oshirilishi belgilangan vazifa, topshiriqlar sarhisobi, tizimda ijro intizomi holati va bu borada amalga oshirilgan baholash natijalari hamda boshqa qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildrildi.
Yakunda esa universitet jamoasi yuqoridagi masalalar yuzasidan berilgan ko‘rsatma va ustuvor vazifalarni belgilab olishdi.