Xabaringiz bor, oliygohimizning bir qaotor talabalari 2022-2023 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini egallash maqsadida tinimsiz harakat va izlanishda bo‘ldi. Nihoyat, bu harakatlar o‘z samarasini berdi. Shunday qilib, 2022-2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 566 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.
Ularning ichida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bir emas, ikki emas naqd 12 nafar talabalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sohib va sohibalari bo‘lishdi!
Quyida mazkur omadli talabalarimiz bilan tanishishingiz mumkin:
1. Saidboxir Abduqaxxorov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi (futbol yo‘nalishi magistranti);
2. Rumiya Lutfullina – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi (tennis yo‘nalishi talabasi);
3. Kamola Pulatova – Islom Karimov stipendiyasi sohibasi (Karate yo‘nalishi talabasi);
4. Baxodir Eshankulov – Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sohibi (marketing yo‘nalishi talabasi);
5. Xamdambek Shomurotov - Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sohibi (futbol yo‘nalishi talabasi);
6. Feruza Muxiddinova – Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sohibasi (badminton yo‘nalishi talabasi);
7. Laylo Toshtemirova – Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sohibasi (suzish yo‘nalishi talabasi);
8. Jasurbek Axmatov – Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sohibi (yengil atletika yo‘nalishi talabasi);
9. Charos Kamardinova – Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sohibasi (voleybol yo‘nalishi talabasi);
10. Otabek Utkirov– Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sohibi (regbi yo‘nalishi talabasi);
11. Kamola Mrodilova – Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sohibasi (karate yo‘nalishi talabasi);
12. Xosiyatxon Xalmurzayeva – Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sohibasi (taekvondo yo‘nalishi talabasi).
Talabalarimizning mana shunday ajoyib tuhfasi barchamizga muborak bo‘lsin!