Joriy yilning 15-18 dekabr kunlari Farg‘ona viloyatida Taekvondo WT sport turining Pumse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘zlarining munosib ishtiroki bilan barchaning diqqat e’tiborida bo‘lgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Yakkakurash sport turlari fakultetining taekvondo ixtisosligi talabalari yakunda 5 ta oltin va 6 ta kumush medallarni qo‘lga kiritishdi! Jumladan, Murodjon Salimov, Zaxro Rustamova, Ruslan Yoqubov, Botir Ikromov va Aulbekova Nagimalar – musobaqaning oltin medaliga ega chiqishgan bo‘lsa, Asilbek Norov, Quvatbek Tulegenov, Noila Ziyadullayeva, Abdulaziz Omonov, Shaxnoza Shodmonova hamda Madina Maxamadsoliyevalar esa – kumush medal sohiblariga aylanishdi.
G‘olib talabalarimizning barchasiga kelajakda ulkan muvoffaqiyatlar tilaymiz va biz ular bilan hamisha faxrlanamiz!