Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Odob-axloq Komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda oliygoh rektori M.Boltabayev, Odob-axloq komissiyasi raisi N.G‘affarov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor I.Ibragimov, Talabalar o‘rtasida ijtimoiy- maʼnaviy muhit barqarorligini saqlashga masʼul bo‘lgan rektor maslahatchisi U.To‘raqulov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda tyutorlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida talaba-yoshlarga universitetning ichki tartib-qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, talabalar va o‘qituvchilarning universitet odob-axloq kodeksi bilan tanishish darajasi hamda qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi qoniqarli darajada emasligi kabi muhim masalalar yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirildi.
Yakunda esa universitet rektori barcha rahbar xodimlarga yuqoridagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berib o‘tish bilan birga, ularni bu kabi kamchiliklarga boshqa yo‘l qo‘ymaslik borasida qattiq ogohlantirdi!