# Kun tarixi
Davlatimiz ramzlari mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi, xalqimizning sha’nu shavkati, g‘ururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va orzu-umidlarini o‘zida mujassam etuvchi muqaddas timsollardir. Ularga zo‘r ehtirom bilan qarash esa har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir!
Madhiya ham davlatimizning muqaddas ramzlaridan biri sanalib, u xalqimizning ozodlik, hurlik singari eng buyuk orzu-intilishlarini, ma’naviy qadriyatlarini ifodalovchi, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtga sadoqat, bunyodkorlik va yaratuvchanlikka undovchi Bosh qo‘shig‘idir!
Sportchilar oilasi butun yurtdoshlarimizni Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganiga 30 yil toʻlganligi bilan samimiy qutlab qoladi!